Emeri Kerrikning ishiga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri "Manchester Yunayted" ustozi Maykl Kerrik haqida fikr bildirdi.
Yakshanba kuni Premer-liganing 30-turi doirasida jamoalar "Old Trafford" stadionida o'zaro kuch sinashadilar.
"Har bir murabbiyning o'z yondashuvi, o'z tarixi bor. Kerrik "Manchester Yunayted"da haqiqatan ham fantastik natijalarni ko'rsatmoqda. Men u bilan ilk bor bundan besh yil avval, "Vilyarreal"da ishlab yurgan kezlarimda, Chempionlar Ligasi o'yinida to'qnash kelganman. Kerrik "Midlsbro"da ajoyib ishni amalga oshirgan edi, endi esa "MYu"dagi vazifalarini ham qoyilmaqom uddalamoqda. Uning qo'l ostida o'yinchilar maydonda o'zlarini qulay his qilayotgani ko'rinib turibdi. Jamoa turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilmoqda va borgan sari o'z kuchiga ko'proq ishonch hosil qilmoqda", – dedi Emeri matbuot anjumanida.

Bosh sahifaga
220