"Napoli" Sebalosni qo'lga kiritmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

"Boka Xuniors" yarim himoyachisi Esekel Sebalos Italiyaga ko'chib o'tishi mumkin. Futbolchiga "Napoli" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Boka Xuniors" o'z tarbiyalanuvchisi bilan shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda, biroq A Seriya grandi tomonidan bo'layotgan qiziqish bunga xalaqit berishi mumkin. Sebalosning argentinaliklar bilan kelishuvi 2026 yilning dekabriga qadar mo'ljallangan. Shu sababli, klub uchun o'yinchini kelayotgan yozda sotish, uni qishda tekinga qo'yib yuborishdan ko'ra foydaliroq hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, "Napoli" shartnoma borasida kelishib olish uchun yozda Sebalosga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Agar yozgi transfer oynasida "Boka Xuniors" bilan kelishuvga erishilmasa, italiyaliklar futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritish uchun qishgacha kutishga ham tayyor ekanliklari aytilmoqda.

Bosh sahifaga
188