Eddi Xau braziliyalik yarim himoyachining sog'ligi jamoa uchun qanchalik muhimligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 613

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau jamoaning braziliyalik yarim himoyachisi Joelinton haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Joelinton hozirgidek o'yin ko'rsatganda, yarim himoyaga aql bovar qilmaydigan harakatchanlik olib kiradi. U yaxshi sport formasida bo'lganida, haqiqatan ham jamoani yangi darajaga ko'taradi. Bu yil unda jarohatlar bilan bog'liq muammolar bo'ldi, ammo biz uning doim safda bo'lishini juda istaymiz", — deya Xauning so'zlarini keltiradi "qarg'alar" matbuot xizmati.
Joriy mavsumda 29 yoshli Joelinton barcha turnirlarda 36 ta o'yinda ishtirok etib, oltita gol urdi va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173