Goretskaning moliyaviy talablari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretskaning yangi jamoadagi moliyaviy so'rovlari haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Eslatib o'tamiz, joriy mavsum yakunlanganidan so'ng xavbek Germaniya grandini tark etadi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 31 yoshli Goretska o'zining keyingi klubida hozirda "Bavariya"da olayotgan miqdorda, ya'ni 7 million evro maosh olmoqchi. Shuningdek, futbolchi mehnat shartnomasini imzolagani uchun 10 million evrogacha bonus talab qilmoqda.
Qayd etilishicha, Goretskaning xizmatlariga "Arsenal", "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Tottenxem", "Nyukasl", "Marsel", "Atletiko", "Inter", "Napoli" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.
Ushbu mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 34 ta o'yinda ishtirok etdi, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
189