Xabi Alonsoning agenti "Liverpul" bilan kelishuv haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 685

Leverkuzenning "Bayer" va Madridning "Real" jamoalari sobiq ustozi Xabi Alonsoning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Inyaki Ibanes "Liverpul" bilan bog'liq xabarlarga munosabat bildirdi.
El Chiringuito jurnalistlari xabar berishicha, agent Angliyaning top-klubi bilan kelishuvga erishilgani haqidagi ma'lumotni inkor etdi.
"Liverpul" bilan tuzilgan shartnoma haqidagi xabarlar – bu oddiy mish-mishlar. Xabi ayni damda kelgusi mavsum uchun faoliyatini davom ettirish bo'yicha turli variantlarni ko'rib chiqmoqda", – dedi agent.
Eslatib o'tamiz, hozirda "qizillar" bosh murabbiyi lavozimini niderlandiyalik mutaxassis Arne Slot egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167