"MYu"ning Pochettino bo'yicha rejasi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 574

AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin, ammo u "Manchester Yunayted"ni boshqarmaydi.
Jurnalist Mark Ogdenning so'zlariga ko'ra, "Qizil iblislar" rahbariyati endi argentinalik mutaxassis variantini ko'rib chiqmayapti.
Uning "Tottenxem"ga qaytishini taxmin qilishmoqda. "Manchester Yunayted"ning hozirgi bosh murabbiyi Maykl Kerrikning kelajagi noma'lumligicha qolmoqda. Ma'lumki, ingliz mutaxassisi joriy mavsumning qolgan qismida vaqtinchalik murabbiy sifatida ishlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179