"MYu" 80 million evro ishlab olishni istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1135

"Manchester Yunayted" Markus Reshfordning "Barselona"ga va Rasmus Xyoylundning "Napoli"ga yakuniy sotuvidan kamida 80 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, Xyoylundning 2026 yil 30 iyunda yakuniga etadigan ijara muddatidan keyingi transferi masalasi hal bo'lgani haqida xabar berilgan edi – "Napoli" mankunianliklarga 44 mln evro to'laydi.
Shu tariqa, Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "qizil iblislar" bozor qiymati 45 mln evro bo'lgan Reshford uchun "Barselona"dan kamida 36 mln evro kutishmoqda. Reshford 2025 yil 23 iyulda Kataloniyaga yo'l olgan edi va o'shandan beri "Barselona" safida 38 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi hamda 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Xyoylund hisobida esa "Napoli" tarkibidagi 35 ta o'yin, 13 ta gol va to'rtta golli uzatma mavjud.

Bosh sahifaga
182