Aleksandr Isakning qaytish muddati ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 435

"Liverpul" hujumchisi Aleksandr Isak yaqin orada jarohatidan forig' bo'lib, safga qaytadi. Shvetsiyalik futbolchi o'tgan yilning dekabr oyidan beri sinish jarohati sababli maydonga tushmayotgan edi. Jurnalist Pol Joysning ma'lumotlariga ko'ra, forvardning reabilitatsiya jarayoni yakunlanish arafasida. 26 yoshli futbolchi to'liq sog'ayib, terma jamoalar o'yinlaridan keyingi tanaffusdan so'ng, ya'ni aprel oyi boshida "qizillar" tarkibiga qaytishi kutilmoqda.
Aleksandr Isak o'tgan yilning yozida "Nyukasl"dan "Liverpul"ga o'tgan edi. O'yinchining transfer qiymati 145 million evroni tashkil qilgan. 15 mart kuni Arne Slot jamoasi Premer-liganing 30-turi doirasida o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182