Lionel Messi CIES talqiniga ko'ra eng qimmat argentinalik futbolchilar top-10ligiga kirmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 450

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyodagi eng qimmat 10 nafar argentinalik futbolchi reytingini tuzdi. Janubiy Amerika terma jamoasi sardori Lionel Messi yakuniy ro'yxatga kiritilmadi.
CIES talqiniga ko'ra eng qimmat argentinalik futbolchilar top-10ligi quyidagicha ko'rinish olgan:
1. Xulian Alvares («Atletiko» Madrid) — 118,8 mln evro
2. Lautaro Martines («Inter») — 101,8 mln evro
3. Entso Fernandes («Chelsi») — 101,6 mln evro
4. Franko Mastantuono («Real» Madrid) — 91,3 mln evro
5. Alexandro Garnacho («Chelsi») — 90,6 mln evro
6. Djuliano Simeone («Atletiko» Madrid) — 89,4 mln evro
7. Aleksis Mak Allister («Liverpul») — 60,8 mln evro
8. Niko Pas («Komo») — 48,6 mln evro
9. Xoakin Panichelli («Strasburg») — 43,0 mln evro
10. Kristian Romero («Tottenxem Xotspur») — 38,8 mln evro

Bosh sahifaga
175