Arbeloa «Real» bosh murabbiyi bo'lishning qiyinchiliklari haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 959

Madridning «Real» klubi ustozi Alvaro Arbeloa o'z ishi haqida fikr bildirdi.
«Men maqtovlarga berilib ketmayman va bilamanki, keyingi muvaffaqiyatsizlikda menga yana shubha bilan qaray boshlashadi. Bu normal holat — gap menda emas, balki men o'tirgan kursida. Bu erda talablar juda yuqori. Hatto Chempionlar Ligasida bir necha bor g'olib chiqqan insonlarni ham bu erda tanqid qilishgan. Bu men uchun yangilik yoki kutilmagan holat emas», — dedi Arbeloa juma kungi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, hafta o'rtasida «Real» Chempionlar Ligasida «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi. Endilikda Alvaro Arbeloa jamoani La Liga doirasidagi «Elche»ga qarshi uy o'yiniga tayyorlamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238