Gvardiola "Real"dan uchralgan mag'lubiyatning jamoaga ta'siri haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 811

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumani davomida Chempionlar Ligasida «Real»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag'lubiyat jamoaga qanday ta'sir qilishi haqidagi savolga javob berdi.
«Bilmadim, ko'ramiz. Ertaga oqshom bizni Premer-ligada muhim o'yin kutmoqda, undan keyin esa javob uchrashuvi bor, shuning uchun aniq bir narsa deya olmayman. Biz ko'p yillardan beri bunday vaziyatlarga duch kelib kelyapmiz. Bu erda bo'lish — zavqli. O'tgan mavsumda biz bu bosqichgacha etib kela olmagan edik, shu sababli hozir shu erda ekanimizdan mamnunmiz», — dedi Gvardiola jurnalistlarga.
14 mart kuni «Manchester Siti» Premer-liga doirasida safarda «Vest Xem»ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244