Eder Militao umumiy guruhga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 772

"Real" o'zining rasmiy saytida jamoaning juma kungi mashg'ulotlari haqida ma'lumot e'lon qildi.
Eng quvonarli yangilik shundaki, markaziy himoyachi Eder Militao mashg'ulotlarning bir qismini umumiy guruhda o'tkazdi. Ma'lumki, Militao qish boshida jarohat olgan edi. Braziliyalik futbolchi uch oydan ko'proq vaqt davomida maydonga tushmadi. Ko'rinib turibdiki, uning safga qaytishi yaqin qoldi.
Shuningdek, "Real" o'z xabarida David Alaba, Jud Bellingem, Alvaro Karreras, Dani Sebalos, Kilian Mbappe va Ferlan Mendi hozirda tiklanish dasturlari asosida ishlayotganini alohida ta'kidlab o'tdi.
Shanba kuni, 14 mart kuni "Real" Ispaniya chempionati doirasida o'z maydonida "Elche"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238