Arbeloa: "Real" o'yinchisi bo'lish qiyin — bizga g'oliblik xarakteri kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionati bahslari o'rtasidagi o'tish jarayoni haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu, albatta, qiyin. O'zimizga bo'lgan talabchanligimiz raqibning motivatsiyasidan kam bo'lmasligiga erishishimiz kerak. Ishonchim komil, "Bernabeu"da biz so'nggi turlardagi "Elche"ni ko'rmaymiz. Shu sababli ham "Real" o'yinchisi bo'lish qiyin — buning uchun g'oliblik xarakteri kerak. Biz bor kuchimizni berishimiz shart va buni yaxshi tushunib turibmiz. Biz uchun hech qanday shubha yoki bahonalarga o'rin yo'q — ajoyib o'yin o'tkazishimiz zarur", — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
"Real" shanba kuni, 14 mart kuni "Elche"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203