"Chelsi" ustozi kambekka ishonyapti: "PSJ bilan javob o'yinida hamma narsa bo'lishi mumkin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida "PSJ"dan uchralgan mag'lubiyatdan (2:5) so'ng jamoaning ustuvor maqsadlari haqidagi savolga javob berdi.
"Men qaysidir turnirni alohida ajratmayman. Biz shunchaki keyingi o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz. Chempionlar Ligasida jamoalar uchta to'p farqi bilan yutqazib turib, vaziyatni o'nglaganlarini ko'p marta ko'rganman. Biz yaratgan vaziyatlar sonini hisobga olsak, agar seshanba kuni birinchi bo'limda birinchi bo'lib gol ursak, imkoniyatlarimiz hali ham juda yaxshi", — dedi Rosenor jurnalistlarga.
"Chelsi" 17 mart kuni o'z maydonida "PSJ"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214