Dominik Solankening "chayon zarbasi" APLda fevral oyining eng chiroyli goli deb topildi (Video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Londonning "Tottenxem" klubi hujumchisi Dominik Solanke rasman APLda fevral oyining eng chiroyli goli muallifi deb topildi. Bu haqda Premer-liga matbuot xizmati xabar bermoqda.
Dominik o'zining mashhur golini "Man Siti"ga qarshi o'yinda kiritdi va bu zarba kamdan-kam uchraydigan noyob ijro bo'ldi. O'ng qanotdan jamoadoshi tomonidan etkazib berilgan uzatmani Solanke odatiy zarba bilan emas, balki "chayon zarbasi" uslubida darvozaga yo'lladi. Raqib posboni Donnarumma darvoza to'ridan joy olgan to'pni faqat nigohlari bilan kuzatib qolishga majbur bo'ldi.
Biroq, ushbu gol "shporlar"ga g'alaba keltirmadi: o'sha bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. "Tottenxem"ning umumiy holatiga to'xtaladigan bo'lsak, hozirda jamoa APLni tark etishga nomzodlardan biri bo'lib turibdi. Klub turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi va xavfli hududdagi 18-o'rindan bor-yo'g'i bir ochko oldinda, xolos.
Scorpion kick alert ????????
Dominic Solanke wins February's Guinness Goal of the Month ???? @SpursOfficial pic.twitter.com/LISmLxXvRb

Bosh sahifaga
243