Argentina va Ispaniya kelisha olishmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1079

Yaqinda matbuotda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Finalissimani Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazishga qaror qilingani haqida ma'lumot paydo bo'ldi. Dastlab jamoalar Qatarda o'ynashi kerak edi, biroq u erdagi harbiy harakatlar tufayli hozir ushbu mintaqada xavfsizlik kafolatlanmagan.
Argentina futbol assotsiatsiyasi Madridda o'ynashdan bosh tortdi. Buning sababi tushunarli — bunda Ispaniya o'z maydoni ustunligiga ega bo'lar edi. Jurnalist Gaston Edulning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, KONMEBOL Argentina futbol assotsiatsiyasining ushbu rad javobini qo'llab-quvvatlaydi.
Yaqin vaqt ichida argentinaliklar Evropadagi muqobil stadionlarni taklif qilishi kutilmoqda. Agar barcha tomonlar bir to'xtamga kela olmasa, Finalissima qoldiriladi. Ispaniya va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 27 mart kuniga rejalashtirilgan edi.

Bosh sahifaga
251