Arteta "Tottenxem"ning APLda qolishini istamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

"Tottenxem" xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasidan) bor-yo'g'i bir ochko oldinda bormoqda. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-ligadan Shimoliy London derbisi yo'qolishini istamayapti.
"Men doim aytaman: "Tottenxem" bilan derbi — bizdagi eng yorqin o'yinlardan biri. Bunday ishtiyoq va raqobat mavjud bo'lganda, bu o'yin darajasini oshiradi va g'alabadan olinadigan hissiyotlarni mutlaqo boshqa bosqichga olib chiqadi. "Tottenxem" bilan nima sodir bo'lishini men hal qilmayman, lekin bizning raqobatimiz qanday ekanligini ta'riflab bera olaman", — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Yaqinda, 22 fevral kuni "Arsenal" safarda "Tottenxem"ni 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182