Xosep Gvardiola — APLda fevral oyining eng yaxshi murabbiyi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 521

Angliya Premer-ligasida fevral yakunlariga ko'ra eng yaxshi murabbiy aniqlandi. Ushbu mukofotni "Manchester Siti"ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola qo'lga kiritdi.
"Manchester Siti" o'tgan oyda Premer-liga doirasida beshta o'yin o'tkazdi va ularda mumkin bo'lgan 15 ochkodan 13 tasini jamg'ardi. "Shaharliklar" "Tottenxem" (2:2), "Liverpul" (2:1), "Fulxem" (3:0), "Nyukasl" (2:1) va "Lids" (1:0) jamoalari bilan bahs olib borishdi.
Eslatib o'tamiz, fevral yakunlari bo'yicha APLning eng yaxshi futbolchisi sifatida Xosep Gvardiolaning shogirdi — Antuan Semeno e'tirof etilgan edi.
Hozirda "Manchester Siti" Premer-liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Xosep Gvardiola jamoasi bitta kam o'yin o'tkazgan holda, "Arsenal"dan etti ochkoga ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
257