"Barsa" rahbariyati qattiq afsusda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55

"Barselona" rahbariyati agar o'tgan yozda Luis Diasni sotib olishning uddasidan chiqilganida, jamoa dunyodagi eng kuchli hujum chizig'iga aylangan bo'lishiga qattiq ishonmoqda. Bu haqda Sport nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi klub sport direktori Dekuning hujum chizig'i uchun asosiy varianti edi, biroq klubdagi og'ir moliyaviy holat tufayli ushbu transfer amalga oshmay qolgan.
"Bavariya" 29 yoshli kolumbiyalikni "Liverpul"dan 70 million evroga sotib oldi. U joriy mavsumda 36 ta o'yinda 20 ta gol urib, 17 ta assist muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256