Davron Fayzievdan anons: «Liverpul» – «Atletiko»: Yashash uchun kurash instinkti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

Futbol tarixida ko'plab katta kambeklar qayd etilgan. Deylik, agar Chempionlar ligasida eng yorqin kambeklar beshligi tuzib chiqiladigan bo'lsa, ikkita pozitsiyani egallaydigan yagona klub «Liverpul» bo'ladi.
Biri "Milan" bilan final o'yini. Ikkinchisi "Barselona"ga qarshi uydagi 4:0 hisobi.
Demak, «Liverpul»da qiyin vaziyatda, devorga taqalganda, yiqilish arafasida turganda kuch va irodani ishlatib yuborish xususiyati bor. Ya'ni, hayot uchun kurash instinkti. Ekstremal, hayot uchun xavfli vaziyatlarda inson o'zining yashirin va avval sezilmagan qirralarini ishga soladi.
Aytishingiz mumkin, 1:0 juda unchalik ekstremal vaziyat emas deb. Hisobga qarasak, ha shunday. Ammo raqibga kelsak... «Atletiko» Madrid bu zamonaviy Krak de Shevale qal'asi, ya'ni zabt etish qiyin bo'lgan qo'rg'on. Ayniqsa, hisobni ushlab qolish uchun o'ynaganda. Diego Simeone bitta to'plik farqni saqlash masalasida dunyoning eng kuchli mutaxassislaridan biri. Himoyalanish masalasida kuchli taktik va strateg.
Eshitishimizcha, unga Pentagondan ham takliflar bo'lgan (hazil albatta). Ammo uddalardi.
Simeone uchun 1:0 hisobidagi ustunlik ideal muhit. Bu vaziyatda o'yinni quritib, tempni buzib, raqibni keskinlik bilan kutib olib, jarima atrofini tekislab tashlaydi. «Liverpul» uchun o'z uyi, ya'ni "Enfild" maydoni begonaga aylanishi mumkin.
Bugun favorit yo'q.
Bugun superto'qnashuv bor!
Bugungi o'yin ertaga tarixga aylanadi, jonli tarzda ko'ring.
Ochig'ini aytganda, Yurgen Klopp va Diego Simeone o'z yigitlariga maydonga tushish oldidan qanday emotsional nutq so'zlashini tasavvur qilsam etim jimirlab, qiziqishim ko'p karra oshmoqda. Bu o'yindan chiroyli, engil, kombinatsion futbol spektakli kutmang.
Jang bo'ladi, gladiatorlar jangi, faqat bir jamoa jon saqlab qoladi.
00:50 UzReport Live.
Birgalikda ko'ramiz.
Davron Fayziev.

Bosh sahifaga
285