«Bavariya» Maykl Oliseni «Liverpul»ga sotish niyatida emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1626

«Bavariya» vinger Maykl Oliseni jamoada olib qolishdan manfaatdor. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Futbolchiga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Angliya grandi katta ehtimol bilan yozda Oliseni sotib olishga harakat qiladi. Biroq myunxenliklar futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlarni inkor etishga intilishmoqda. Qayd etilishicha, keyingi transfer oynasida futbolchi sotib olish uchun «yopiq» bo'lishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Maykl Olise «Bavariya» safida 37 ta uchrashuv o'tkazdi. Ushbu bahslarda vinger 15 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
316