Doku: «Ular uchta gol urdi, biz nega ura olmas ekanmiz?»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 892

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku «shaharliklar»ning «Real» bilan qarama-qarshilikda vaziyatni o'nglashiga ishonadi.
Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki o'yinida Angliya klubi Madridda 0:3 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
«Agar bizda imkoniyat yo'q deb aytsam, bu aqlsizlik bo'lardi. Albatta, ular juda kuchli, lekin biz bilamizki, ular bizga uchta gol urishdi, demak, biz nega buni uddalay olmas ekanmiz?
«Etixad»da muxlislarimiz ularga bosim o'tkazishlari kerak. Futbolda har qanday narsa bo'lishi mumkin, shuning uchun biz hali ham ishonamiz», — dedi Doku.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349