"Atletiko" muxlislarini "Liverpul" bilan o'yinga bormaslikka chaqirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

11 mart, chorshanba kuni, ya'ni bugun tunda EChL 1/8 finali doirasida "Liverpul" "Atletiko"ni qabul qiladi (birinchi o'yin 1:0 hisobida "Atletiko" foydasiga hal bo'lgan).
"Enfild"dagi o'yinga tomoshabinlar kiritiladi, buni ispan klubi matbuot xizmati tasdiqladi. Ammo Madrid klubi muxlislariga uchrashuvga bormaslikni tavsiya qildi.
Shu bilan birga, hokimiyat vakillarining shoshilinch sababsiz Ispaniyani tark etmaslik kerakligi borasidagi tavsiyasi esga olinib, o'yinga borishni istamaganlarga chipta puli qaytarilishi ta'kidlandi. Mazkur holat koronavirus xavfi bilan bog'liq.
Manba: isport.ua
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
269