Fabritsio Romano: «Manchester Siti» yozda albatta yangi yarim himoyachi sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 929

«Manchester Siti» yozgi transfer oynasida maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
«Shaharliklar» joriy mavsum yakunlanganidan keyin albatta yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashadi, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano o'z hisobotida. Asosiy nomzodlar qatorida «Nottingem Forest» a'zosi Elliot Anderson qolmoqda. «O'rmonchilar»ning 23 yoshli yulduzi bo'yicha muzokaralar hozircha oldinga siljigan emas, biroq ingliz xavbeki «Siti»ning 2-3 ta asosiy maqsadlari ro'yxatiga kiritilgan, deb ta'kidlaydi manba.
Andersonni qo'lga kiritishga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Angliya terma jamoasi futbolchisining narxi 60 mln evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
240