UEFA koronavirus bo'yicha favqulotda yig'ilish o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

UEFA Evro-2020ga koronavirusning ta'siri bo'yicha favqulotda yig'ilish o'tkazdi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan, UEFA Evro-2020 o'yinlarini epidemiyaga qarshi yordam bera oladigan tibbiy muassasalari mavjud shaharlarda o'tkazmoqchi.
Ayni paytda mas'ullar turnirni bekor qilish niyatida emas, shuningdek, muxlislarning stadionlarga tashrif buyurishlarini istashyapti. Agar belgilangan shaharlar orasida musobaqani qabul qilishga tayyorlari bo'lmasa, boshqa shahar tanlanishi mumkin.
Shu munosabat bilan mas'ullar Evro-2020 o'yinlarini o'tkazadigan davlatlar hukumatlari bilan bog'lanishdi va zarur chora-tadbirlarni ko'rishni so'rashdi.
Shuningdek, UEFA turnirni keyingi yilga qoldirish so'ralgani haqidagi xabarlarni yolg'on deb atadi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 o'yinlari Rossiya, Ozarbayjon, Angliya, Vengriya, Germaniya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Gollandiya, Ruminiya va Shotlandiyada 12 iyun - 12 iyul kunlari bo'lib o'tadi.
Manba: isport.ua
Bosh sahifaga
285