UEFA «Chelsi» futbolchisiga qarshi ish ochdi: u «PSJ»ga qarshi o'yinda bolboyni turtib yuborgan (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 423

UEFA «Chelsi» yarim himoyachisi Pedru Netuga nisbatan intizomiy ish ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasi 1/8 finali birinchi uchrashuvida «PSJ»ga qarshi bahsda (2:5) bolboyni turtib yuborgan.
Qo'shimcha daqiqalarda bolboy to'pni Netuga tez bermagan. Shu sabab futbolchi bolani turtib yuborgan va u erga yiqilib tushgan. Vaziyat VAR orqali ehtimoliy chetlatish nuqtayi nazaridan tekshirilgan, ammo «Chelsi» vingeri hech qanday jazodan qutulib qolgan.
Netu esa bolboydan uzr so'ragan va final hushtagi chalinganidan keyin unga o'z futbolkasini sovg'a qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242