Omadsiz muxlis taqdiri!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 467

Futbol tarixidagi eng kulgili va kutilmagan voqealardan biri Angliyaning uchinchi divizionida sodir bo'ldi. Bir ispaniyalik muxlis sevimli jamoasi «Barselona»ning «Nyukasl»ga qarshi o'yinini ko'rish uchun Ispaniyadan Buyuk Britaniyaga yo'l oladi.
Ammo birgina xato hammasini o'zgartirib yubordi: u navigatsiyaga stadion nomini kiritadi va telefon uni Nyukaslga emas, balki 600 km uzoqlikdagi Devon grafligiga — xuddi shunday nomdagi «Sent-Djeyms Park» ("Ekseter" klubi uy stadioni)ga boshlab boradi.
Voqea qanday bo'ldi?
Muxlis stadion turniketlari oldiga kelib, «Nyukasl» — «Barselona» o'yini uchun chiptasini ko'rsatganidagina xatosini tushunib etdi.
«U juda xafa va xijolatda edi. Biz unga chipta sovg'a qildik va u "haqiqiy" Sent-Djeyms Parkda futbol ko'rdi», — deydi «Ekseter» xodimi Adam Spenser.
Bechora muxlis «Barselona»ning «Nyukasl» bilan 1:1 hisobidagi durangini ko'ra olmadi. Uning o'rniga «Ekseter»ning «Linkoln»dan uchralgan mag'lubiyatiga (0:1) guvoh bo'ldi.

Bosh sahifaga
241