Konferentsiyalar ligasi. 1/8 final. Ilk uchrashuvlar natijalari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1848

12 mart, payshanba kuni Evropa Konferentsiyalar ligasi 2025/2026 mavsumi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Kun davomida jami sakkizta bellashuv tashkil etildi.
Bir qator o'yinlarda mehmon jamoalar ustunlik qildi. Xususan, «Strasburg» Xorvatiyada «Rieka»ni mag'lub etgan bo'lsa, Ukrainaning «Shaxtyor» jamoasi safarda «Lex Poznan» ustidan ishonchli g'alaba qozondi. Gretsiyaning AEKi esa Sloveniyadagi uchrashuvda «Tsele» darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi.
12 mart kuni bo'lib o'tgan o'yinlar natijalari:
«Rieka» — «Strasburg» 1:2
«AZ Alkmar» — «Sparta» Praga 2:1
«Samsunspor» — «Rayo Valekano» 1:3
«Lex» Poznan — «Shaxtyor» 1:3
«Tsele» — AEK Afina 0:4
«Fiorentina» — «Rakuv» 2:1
«Sigma Olomouts» — «Maynts» 0:0
«Kristal Pelas» — AEK Larnaka 0:0
Ma'lumot uchun, Konferentsiyalar ligasining amaldagi g'olibi Londonning «Chelsi» klubi hisoblanadi. O'tgan mavsum finalida angliyaliklar Ispaniyaning «Betis» jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Bosh sahifaga
253