Evropa ligasi. 1/8 final. Ilk uchrashuvlar natijalari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1342

12 mart kuni Evropa ligasi 2025/2026 mavsumi 1/8 final bosqichining dastlabki uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Kun doirasida jami sakkizta bellashuv o'tkazildi.
Uchrashuvlarda bir nechta qiziqarli natijalar qayd etildi. Jumladan, Italiya derbisida «Bolonya» va «Roma» jamoalari durangga imzo chekdi. Angliyaning «Aston Villa» klubi Frantsiyada «Lill»ni minimal hisobda mag'lub etdi. Portugaliyaning «Portu» jamoasi esa Germaniyada «Shtutgart» ustidan g'alaba qozondi.
12 mart kuni bo'lib o'tgan o'yinlar natijalari:
«Bolonya» — «Roma» 1:1
«Lill» — «Aston Villa» 0:1
«Panatinaikos» — «Betis» 1:0
«Shtutgart» — «Portu» 1:2
«Selta» — «Lion» 1:1
«Genk» — «Frayburg» 1:0
«Ferentsvarosh» — «Braga» 2:0
«Nottingem Forest» — «Midtyullann» 0:1
Evropa ligasi 1/8 final bosqichining javob uchrashuvlari 19 mart kuni bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Evropa ligasi finali Turkiyaning Istanbul shahridagi «Beshiktosh» stadionida o'tkaziladi. Musobaqaning hal qiluvchi bellashuvi 2026 yil 20 may kuniga belgilangan.

Bosh sahifaga
199