"Real" yozda Eduardo Kamavingani sotishga tayyor: transfer narxi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3337

Yozgi transfer oynasida "Real" o'z top-futbolchilaridan biri bo'yicha keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor bo'ladi. The Touchline nashri jurnalist Matteo Morettoga tayanib xabar berishicha, Madrid klubi yarim himoyachi Eduardo Kamavinga bo'yicha takliflarni o'rganib chiqmoqchi.
Transferning boshlang'ich narxi 50 million evroni tashkil etadi. Nufuzli Transfermarkt portalida ham Kamavinga aynan shuncha narx bilan baholangan. 23 yoshli Eduardo Kamavinganing "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Frantsiyalik futbolchi "qaymoqranglilar" safida jami 211 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 6 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245