"Liverpul" hujumchisi: "Messi — tarixdagi eng yaxshi futbolchi, undan ko'p narsa o'rgandim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 862

"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike Lionel Messi bilan birga to'p surgan vaqtlari haqida fikr bildirdi. Avvalroq ular "PSJ" tarkibida birga o'ynashgan edi.
"Maydonga tushib, Messi qiladigan ishlarni xuddi o'sha darajada bajarish men uchun qiyin edi. Men hech qachon bu darajaga etmaganman – hatto yaqin ham kelmaganman. Ochig'i, "PSJ"dagi davrim eng muvaffaqiyatlisi bo'lmadi, lekin o'sha paytda bu menga kerak edi. Men ko'p narsani o'rgandim, chunki dunyoning eng yaxshi futbolchisi, futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi bilan birga o'ynadim", – deya Ekitikening so'zlarini keltiradi The Touchline.
2025/2026 yilgi mavsumda Ugo Ekitike 39 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va sheriklariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
225