Xolandning agenti "Barselona" bilan muzokaralar haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1795

Erling Xolandning agenti Rafaela Pimenta "Barselona" prezidentligiga nomzod Viktor Fontning o'z mijozi transferi bo'yicha "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib borilayotgani haqidagi so'zlariga munosabat bildirdi.
"Biz "Barselona"ga katta hurmat va ehtirom bilan qaraymiz, ammo ehtimoliy transfer mavzusida umuman hech qanday aloqa bo'lgani yo'q. Futbolchi bir necha oy oldin shartnomasini uzaytirgan va "Man Siti"da baxtli.
Uning ishlari joyida va "Siti"da hammasi shu qadar yaxshi bo'lib turgan bir paytda, transfer kontekstida muhokama qiladigan narsaning o'zi yo'q", – dedi Pimenta La Sextaga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228