Erik Kantona urushlarni to'xtatishning antiqa yo'lini taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 708

"Manchester Yunayted" klubi va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Erik Kantona urushlar muammosini hal qilish yo'lini taklif qildi.
Sobiq futbolchi AQSh va Isroilning Eron bilan bo'lgan ziddiyati haqidagi savolga javob berdi.
«Kecha bir ish qilish haqida o'ylab qoldim: xalqaro tribunaldan so'ragan bo'lardimki, shunday xalqaro qonun yaratilsa — agar prezident urush boshlashga qaror qilsa, u 18 yoshli o'smirlarni yuborish o'rniga, birinchi bo'lib front chizig'iga o'zi yo'l olishi kerak.
O'ylaymanki, shunda urushlar ancha kamaygan bo'lardi», – dedi Kantona Canal+ portalidagi Clique ko'rsatuvi efirida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192