Velosportchimiz “Tour of Antalia” musobaqasining ilk bosqichida sovrindor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5136

Bugun Turkiyada velosport bo'yicha “Tour of Antalia” ko'pkunlik turniri boshlandi.
Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ilk bosqichdayoq sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
145,1 km masofada o'tkazilgan bellashuvda hamyurtimiz Sergey Rostovtsev marraga ikkinchi bo'lib etib keldi.
Shuningdek, musobaqada terma jamoamiz a'zolaridan Murodjon Xolmurodov, Farruh Bobosherov, Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov hamda Diyor Tohirov ham ishtirok etishmoqda. Turnir 15 martga qadar davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189