"Man Siti" supertransfer amalga oshirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 723

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Diario Sport nashrining ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining agenti Mussa Sissoko «Manchester Siti» sport direktori bilan uchrashuv o'tkazgan. Tomonlar frantsuz futbolchisining ehtimoliy transferini muhokama qilishgan. Dembelening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, biroq bitimni uzaytirish bo'yicha muzokaralar ancha qiyin kechmoqda. Tomonlar haligacha o'zaro kelishuvga erisha olishmayapti.
Usman Dembele 2023 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga 50 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda hujumchi parijliklar safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
261