Evropa ligasi. «Xetafe» «Inter» bilan o'yinga bormoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 587

«Xetafe» prezidenti Anxel Torres bayonot berib, jamoa Evropa ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan «Inter»ga qarshi o'yin uchun Milan shahriga kelmasligini ta'kidladi.
«Agar vaziyat jiddiy o'zgarmasa, «Xetafe» ertaga Italiyaga uchib bormaydi. Biz UEFAdan boshqa variant topishni so'radik. Biz koronavirus o'chog'iga borishni istamaymiz. Biz diskvalifikatsiyaga uchramaslik uchun federatsiyadan yordam so'radik.
Agar bizni diskvalifikatsiya qilishsa, shunday bo'la qolsin. Men tavakkal qilishni istamayman. Menga transport vazirligidan ruxsat olishim kerakligini aytishdi, ammo men bunday qilmayman. O'zim istamagan joyga borishni istamayman. «Inter» vakillari bilan gaplashdim. Ular meni to'g'ri tushunishdi.
Yoki o'yinni Milandan boshqa shaharga ko'chirishadi, yoki boshqa kunga belgilashadi. Bu aqlli qaror bo'lar edi», – dedi Torres.

Bosh sahifaga
256