"Chelsi" "PSJ"ga 2:5dan so'ng tekshiruv o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54

Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «Chelsi» safarda «PSJ»ga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Biroq o'yin boshlanishidan sakkiz soat oldin London jamoasining boshlang'ich tarkibi matbuotga sizib chiqqani natijadan ham ko'proq muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Endi «aristokratlar» qarorgohida ushbu holat bo'yicha ichki surishtiruv o'tkaziladi.
«Tarkibning sizib chiqishi? Men bu haqda bilmas edim. Ishonchim komilki, biz bu masalaga oydinlik kiritamiz va hammasini hal qilamiz», — dedi jurnalistlarga «Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenor.
«Chelsi» navbatdagi o'yinini shanba kuni, 14 martda Premer-liga doirasida o'z maydonida «Nyukasl»ga qarshi o'tkazadi. Oradan yana uch kun o'tib, 17 martda Rosenior shogirdlari Chempionlar ligasi javob bahsida «PSJ»ni qabul qilishadi. Uchta to'p farqini yo'qqa chiqarish va vaziyatni o'nglash jamoa uchun juda qiyin vazifa bo'lishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
262