Xoland qaysi himoyachiga qarshi o'ynashni yomon ko'rishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 980

"Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland qaysi himoyachiga qarshi o'ynashni yomon ko'rishini aytib o'tdi.
"Qaysi himoyachiga qarshi o'ynashni yomon ko'raman? Virjil van Deykka qarshi. U juda yaxshi futbolchi. U kuchli, tezkor va barcha xislatlarga ega. Aqlbovar qilmas futbolchi", - dedi Xoland "France Football" nashriga bergan intervyusida.
19 yoshli norvegiyalik futbolchi "Zaltsburg"da o'ynayotganida EChL guruh bosqichi doirasida "Liverpul"ga qarshi 2 marta to'qnash keldi. Har ikkala bahsda mersisaydliklar g'alaba qozonishdi. "Enfild"dagi o'yinda Xoland bitta gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257