"Arsenal" himoyachisi "Chelsi"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

«Arsenal» himoyachisi Rikardo Kalafori «Chelsi»ga o'tishi mumkin.
CaughtOffside nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «ko'klar» shu yozda italiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash niyatidalar. Futbolchining o'zi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda, shu sababli transfer variantini ko'rib chiqishga tayyor. «Chelsi» Kalaforini «Arsenal»ga o'tishidan oldin ham o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, biroq o'shanda kelishuv amalga oshmay qolgandi.
Rikardo Kalafori 2024 yilda «Bolonya»dan «Arsenal»ga 43 million evro evaziga o'tgan edi. Uning «to'pchilar» bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda 23 yoshli italiyalik londonliklar safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Kalaforining transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
224