"Arsenal", "Chelsi" va "MYu" shveytsariyalik iqtidor uchun kurash boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50

Germaniyaning «Frayburg» klubi xavbeki Yoxan Manzambi Angliya Premer-ligasining top-klublari orasida katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli shveytsariyalik futbolchining transferiga Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari, shuningdek, «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. Germaniya tomoniga kelsak, «Frayburg» rahbariyati futbolchini 50 million evro evaziga sotishga tayyor. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Manzambi 31 ta uchrashuvda ishtirok etib, o'z hisobiga to'rtta gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255