"Chelsi" bosh murabbiyi: "Kvaratsxeliyaning to'rtinchi goli fantastik chiqdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 448

Londonning «Chelsi» klubi ustozi Liam Rosenor Chempionlar ligasi 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida «PSJ» tomonidan kiritilgan to'rtinchi gol haqida gapirib o'tdi. Ushbu golni parijliklarning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya o'z hisobiga yozdirib qo'ygan edi.
«Urilgan gollar jamoaga ruhiy quvvat va ishonch bag'ishlaydi. Kvaratsxeliya ijrosidagi to'rtinchi gol shunchaki fantastik bo'ldi. Hisob 4:2 ko'rinishiga kelganida, bu bizning oqshomimiz emasligini tushundik. Shunga qaramay, biz vaziyatni o'nglashga bo'lgan urinishlarni to'xtatmadik», — deya bosh murabbiyning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv «aristokratlar»ning 2:5 hisobidagi yirik mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Bosh sahifaga
255