"Chelsi" sardori: "Bu — Chempionlar ligasi, hamma narsa bo'lishi mumkin"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida Londonning «Chelsi» jamoasi safarda Frantsiyaning «PSJ» klubiga 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu natija haqida «aristokratlar» himoyachisi Ris Jeyms o'z fikrlarini bildirdi.
«Maydonda 75 daqiqa davomida teng kurash kechdi, biroq keyin hammasi qo'limizdan chiqib ketdi. O'yin biz kutgandek yakunlanmadi. Bu bizni xafa qiladi. Ammo Chempionlar ligasida har qanday holat yuz berishi mumkin. Bu — klublar futbolidagi eng buyuk turnir», — deya himoyachining so'zlarini keltiradi London klubi matbuot xizmati.
«Chelsi» va «PSJ» o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart, seshanba kuni Londonning «Stemford Bridj» stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255