Yulian Brandt APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1322

Joriy mavsum yakunlanganidan keyin «asalarilar» safini tark etadigan Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Yulian Brandtda Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirish variantlari paydo bo'ldi.
Football Insider nashri bergan ma'lumotga ko'ra, 29 yoshli germaniyalik xavbek bilan shartnoma imzolashga Londonning «Arsenal» va Birmingemning «Aston Villa» klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub futbolchi erkin agentga aylanadigan yozgi transfer oynasida Brandtni qo'lga kiritishga harakat qilib ko'radi.
Germaniya Bundesligasining joriy mavsumida Yulian dortmundliklar safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lgan.

Bosh sahifaga
231