Anchelotti Xabi Alonsoning "Real"dagi iste'fosiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 510

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o'g'li, italiyalik mutaxassis Davide Anchelotti ispaniyalik Xabi Alonsoning Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganiga izoh berdi.
«Murabbiylar tez-tez almashtirilib turadi. Alonso — yosh mutaxassis, uning oldida hali uzoq faoliyat turibdi. Menimcha, «Real»dan ketish unga salbiy ta'sir qilmaydi. Bu bizning kasbimizning bir qismi. Buni tan olish va ko'nikish kerak», — deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Managing Madrid.
Eslatib o'tamiz, Alonso «qirollik klubi» bosh murabbiyi lavozimini noyabr oyi o'rtalarida tark etgan edi.
Hozirgi vaqtda «qaymoqranglilar»ga Alvaro Arbeloa ustozlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230