Diego Simeone: «Liverpulga qarshi o'yinda bizda gol urish uchun imkoniyat bo'ladi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 451

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan javob o'yini oldidan o'z fikrini bildirib o'tdi. Madridliklar dastlabki o'yin 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.
"Mazkur o'yinning ba'zi pallalarida bizga oson bo'lmaydi. Bu aniq. Lekin bizda ham gol urish uchun imkoniyatlar albatta bo'ladi. So'nggi 8 yil ichida biz nimalarga qodirligimizni barchaga isbotlab kelyapmiz. Ertaga buni yana bir marta amalga oshirishimizga to'g'ri keladi.
Ajoyib jamoa bizga raqiblik qiladi. Yurgen Klopp "Liverpul"ga kelganidan keyin klub o'zgardi va yana Evropaning grand jamoasiga aylandi. Men o'yinchi va murabbiy sifatida "Enfild"da hech qachon bo'lmaganman", - dedi Simeone UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Bosh sahifaga
257