Trent: «Real»da o'ynash — amalga oshgan orzu»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 406

Madridning «Real» klubi himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold jamoadagi faoliyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Boshida menda bir nechta jarohatlar bo'ldi, ammo sport formamni tiklaganimdan beri... Bu er menga juda yoqmoqda. Birinchi daqiqadanoq hamma narsadan mamnunman. Bu — amalga oshgan orzu. Men qo'limdan kelgancha moslashishga harakat qilyapman», — deya Trentning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Eslatib o'tamiz, Aleksander-Arnold o'tgan yozda «Liverpul»dan ko'chib o'tib, «Real» futbolchisiga aylangan edi. 27 yoshli himoyachi «qaymoqranglilar» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231