Luis Enrike Kvaratsxeliyaning o'yinini alohida e'tirof etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi o'z uyida kechgan bahsda Frantsiyaning «PSJ» klubi Londonning «Chelsi» jamoasi ustidan 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu uchrashuvda Xvicha Kvaratsxeliya dublga erishdi.
Jamoa ustozi Luis Enrike gruziyalik vingerning mazkur o'yindagi ishtirokiga baho berdi.
«Biz ikki bor hisobda oldinga chiqib oldik, biroq raqib muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. O'yin yakunida g'alabani ilib ketishga erishdik. Ushbu natijaga Xvicha qo'shgan hissani alohida ta'kidlab o'tmoqchiman. U — ajoyib vinger», — deya fikr bildirdi ispaniyalik mutaxassis «Okko Sport» efirida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259