«Budyo-Glimt» yulduzi «Sporting» ustidan qozonilgan yirik g'alaba haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 440

Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubi yarim himoyachisi Sondre Brustad Fet o'z jamoasining Lissabonning «Sporting» jamoasiga qarshi bahsdagi muvaffaqiyatidan so'ng fikr bildirdi. Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi ilk uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.
«Juda yoqimli tuyg'u, men ham o'z o'yinimdan, ham jamoaning ko'rsatgan natijasidan mamnunman. Bu ancha ochiq o'yin bo'ldi, ayrim vaziyatlarda o'yin nazoratini yaxshiroq ushlab turishimiz mumkin edi, lekin menimcha, kuchli raqibga qarshi yaxshi bahs o'tkazdik. Lissabonda bizni qiyin o'yin kutmoqda», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263