Boks, erkaklar. Finalga Qozog'istondan 4, O'zbekistondan 3 bokschi etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 588

Bugun, 11 mart kuni Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun litsenzion musobaqa o'z nihoyasiga etadi.
Kunning birinchi yarmida Tokio-2020 olimpiadasi litsenziyasi uchun janglar o'tkazilsa, kechki dasturda final bellashuvlari bo'lib o'tadi.
Kun davomida to'rt nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tariladi. Ahamiyatlisi, -51 kg vaznli bokschi qizimiz Tursunoy Rahimova Tokio Olimpiadasi litsenziyasi uchun jang qiladi.
O'zbekiston erkaklar terma jamoasining 3 a'zosi finalga etib kelgan bo'lsa, Qozog'iston 4 bokschi bilan chempionlik jangida ishtirok etadi. Faqatgina bitta vazn (63 kg.)da o'zbek va qozoq sportchilari o'zaro to'qnash kelishgan. Iordaniya va Avstraliyaning ikki nafardan bokschilari bugun final jangida ishtirok etsa, yana besh mamlakatning bir nafardan a'zolari finalgacha etib kelishgan.
Olimpiada litsenziyasi uchun jang:
-51 kg: Tursunoy Rahimova - Yutumas Jitpong (Tailand) (14:00)
Finalning barcha janglari (boshlanish vaqti — 20:00):
-52 kg. Xu Jianguan (Xitoy) - Panmot Titisan (Tailand)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (O'zbekiston) - Muhammad al-Vadiy (Iordaniya) (20:45dan so'ng)
-63 kg: Elnur Abduraimov (O'zbekiston) - Zakir Safiulin (Qozog'iston) (21:00dan so'ng)
- 69 kg. Eshash Ziyod (Iordaniya) - Vikas Kirshan (Hindiston)
- 75 kg. Eumir Marsial (Filippin) - Abilxan Amankul (Qozog'iston)
- 81 kg. Bekzad Nurdauletov (Qozog'iston) - Paulo Aokuso (Avstraliya)
- 91 kg. Vasiliy Levit (Qozog'iston) - David Nyika (Yangi Zelandiya)
+ 91 kg: Bahodir Jalolov - Yustis Xuni (Avstraliya) (22:15dan so'ng)
* - Taqdirlash marosimiga qarab janglar vaqti o'zgarishi mumkin.

Bosh sahifaga
257