Eddi Xau «Nyukasl» rahbariyatiga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

«Nyukasl» bosh murabbiyi Eddi Xau markaziy himoyachi Fabian Sherni jamoada saqlab qolmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, klubning transfer rejalari allaqachon shakllantirib bo'linganiga qaramay, Xau 34 yoshli shveytsariyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni talab qilmoqda. Mutaxassis Sherning boshqa jamoaga o'tib ketishini istamayapti.
Sher 2018 yildan beri «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda ishtirok etdi va bitta gol muallifiga aylandi.
Sherning «qarg'alar» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining qiymatini 6 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
314